Menu
iRobi Translation

Sizning muvaffaqiyatingiz tilida!

Batafsil
Afzalliklar

Nega bizni tanlashadi?

Kompaniyaga asos solingandan buyon, biz tinimsiz rivojlanib va takomillashib bormoqdamiz. Binobarin, siz biz bilan birga o‘z biznesingizning yangi qirralarini kashf etasiz.

TARJIMALARNING BENUQSON SIFATI.

Professionallar jamoasi har qanday murakkablikdagi va yo‘nalishdagi (tibbiyot, texnik, yuridik va boshqa ko‘plab sohalar) matnlarning yuqori saviyali yozma tarjimasini kafolatlaydi.

QULAY NARXLAR VA TO‘LOVNING BIR NECHA TURLARI.

Biz bilan hamkorlik – bu kompaniya mijozlari uchun kafolatlangan chegirmalar, shuningdek 24/7 tezkor qo‘llab-quvvatlash servisi yordamida individual yondashuv demakdir. Qolaversa, sizga qulay to‘lov shaklini o‘zingiz tanlaysiz.

AXBOROT VA HAMKORLIK SHARTLARI HIMOYALANGANLIGI.

Biz mijozlarimiz axborotining maxfiyligiga qat’iy rioya etamiz. Bu esa, Siz har qanday hujjatni, uchinchi shaxslar xabar topishlaridan xavotir olmay, tarjima uchun bizga ishonib topshirishingiz mumkinligini anglatadi.

TARJIMANING TEZKOR BAJARILISHI.

Agar sizga ishdan tashqari vaqtda, dam olish kunlari yoki bayramlarda, tezda yozma tarjima zarur bo‘lib qolsa, bizga murojaat qiling! Biz Siz uchun ishlaymiz va sifatga putur yetmagan holda tarjimaning tezda bajarilishini kafolatlaymiz.

Xizmatlarimiz

Sizga qanday yordam bera olamiz?

Biz professional tarjima har qanday jihatdan nuqsonsiz bo‘lishi lozimligiga aminmiz: materialning ma’nosini asliga juda yaqin qilib yetkazishgina emas, balki matndagi ohang, kayfiyatni ham saqlab qolish zarur. Faqat shundagina mazkur xizmatni haqiqatan sifatli deb hisoblash mumkin.

HUJJATLARNING YOZMA TARJIMASI

Umumiy va shaxsiy tusdagi hujjatlar (pasportlar, haydovchilik guvohnomalari, baholar va mehnat daftarchalari, attestatlar, diplomlar, pensiya guvohnomalari, shahodatnomalar, ma’lumotnomalar, shaxsiy ishlar, shikoyatlar, xatlar, ruxsatnomalar, kelishuvlar) tarjimasi va firma hamda notarial tasdiqlanishi

ILMIY-TEXNIK TARJIMA

Professional mutaxassislar jamoasi ilmiy-texnik tusdagi har qanday hujjatlar tarjimasini uddalay oladi. Biz tibbiy, texnik, yuridik, badiiy, neft-gaz, farmatsevtik, iqtisodiy, axborot texnologiyalari, qurilish va ko‘plab boshqa mavzulardagi matnlarni tarjima qilamiz.

AUDIOVIZUAL TARJIMA

Tarjima agentligimiz buyurtmachining har qanday audiovizual materiallarini tarjima qilish bo‘yicha zarur texnik resurslarga ega va bu borada to‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatadi.

QO‘LYOZMA MATERIALLARINI TERISH

Agar matnni terishga na kuchingiz, na xohishingiz va na vaqtingiz bo‘lmasa, bu ishni bizga ishonib topshiring. Bosma va qo‘lyozma matnlarni teruvchi professionallar jamoasi bu ishni Siz belgilagan muddatda jadal, sifatli va arzon bajaradi.

TAYYOR MATN TAHRIRI

Matningiz qanchalik ajoyib bo‘lmasin, grammatik, punktuatsiya, uslubiy xatolar undan olinadigan taassurotga putur yetkazishi mumkin. Biroq, bizning professional muharririmizga ishonch bildirib, bu vaziyatni osongina to‘g‘rilash mumkin – u matningizni ideal holatga keltiradi.

Bizga ishonch bildirganlar:

  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image
  • Author image

Kontaktlar



+99871 200-40-80
+99897 402-46-88


order@irobi.uz

Toshkent, Shaykhantakhur tumani, Farobiy ko‘chasi, 463. "MAKRO" supermarket

Buyurtma qoldiring